Hamma havolalaringiz bitta toqi ostida

Instagram va Telegram uchun bitta sahifa: yozish, qo'ng'iroq va xizmatlar, telefondan 5 daqiqada.

Bepul. Parol kerak emas: Telegram yoki email orqali kirasiz.

Sayt kerakmi? Pastda ko'ring

Namuna sahifalar: ismlar to'qilgan, rasmlar abstrakt naqsh.

  1. 1 Ism tanlang
  2. 2 Shablon tanlang
  3. 3 Havolani Instagram'ga qo'ying

Sizning kasbingiz uchun

Kasbingizni tanlang va «Aralashtirish»ni bosing: sahifa darhol boshqacha ko'rinadi. Yoqqanini tanlab, shu bilan boshlaysiz.

14 uslub × 8 joylashuv × 20 palitra = 2 240 xil sahifa

Nima beradi

Qaysi havola ishlayotganini ko'rasiz

Har tugma necha marta bosilgani statistikada turadi: ishlamayotganini almashtirasiz. Pro'da odam qayerdan kelgani ham ko'rinadi: Instagram, Telegram, QR yoki Google.

Qaysi havola bosildi
Namuna: statistika bo'limi shunday ko'rinadi

QR, NFC va «Kontaktga saqlash»

Vitrina, menyu yoki vizitkaga QR qo'ying. Mijoz bir bosishda sizning raqamingizni telefoniga saqlaydi.

Namuna: mijoz sahifangizda shunday tugmani ko'radi

Telegram-botda ham quriladi

Botga /yangi deng va ism yozing: sahifa tayyor. Kanalingizdagi postlarni sahifaga qo'shsangiz, ular o'zi yangilanib turadi.

Misol
Hamma imkoniyatlar

Vizitka sahifa

  • Havola tugmalari
  • Narx kartochkalari Pro
  • Telegram postlari
  • Ish vaqti holati
  • Kontaktga saqlash
  • QR-kod va NFC
  • Manba havolalari
  • Telefonda tahrir va qaytarish
  • Qorong'i rejim

Sayt

  • 44 tayyor bo'lim
  • 13 shablon
  • Menyu va ko'p sahifa
  • Matnni joyida tahrirlash
  • SEO va sayt xaritasi
  • Qoralama va nashr
  • O'z domen Pro

AI va boshqaruv

  • Istalgan AI bilan to'ldirish
  • Telegram-bot
  • Parolsiz kirish
  • Hamkorlik dasturi: 20%

Sayt ham kerak bo'lsa

Buxoroda toqi: ko'p do'kon bitta gumbaz ostida. Vizitka sahifangiz o'sganda to'liq sayt: menyu, ko'p sahifa, SEO va o'z domen. Hammasi bitta hisobda, hech narsa ko'chirilmaydi.

Narxlar

Bepul boshlang. Kerak bo'lsa, Pro.

Free

0 so'm

  • 1 vizitka sahifa
  • 1 sayt, ichida 3 sahifagacha
  • Hamma shablon va uslub
  • Statistika: 7 kun
  • QR, bot, AI bilan to'ldirish
  • Pastda «Toqi bilan yaratilgan» belgisi
Bepul boshlash

Pro

29 000 so'm / oy

Yillik 290 000 so'm: 2 oy bepul.

  • 5 vizitka sahifa
  • 3 sayt, ichida 20 sahifagacha
  • Toqi belgisiz
  • To'liq statistika: 90 kun
  • Narx kartochkalari
  • ism.toqi.uz va o'z domen
Bepul boshlash

Pro to'lovi tez orada ochiladi. Hozir bepul boshlang, Pro ochilganda o'tasiz.

Savollar

Javobini topmasangiz, pastdagi «Yordam» tugmasi orqali yordamchidan so'rang.

Rostdan bepulmi? Karta kerakmi?

Ha, Free muddatsiz: 1 vizitka sahifa va 1 sayt. Karta so'ralmaydi. Pro kerak bo'lganda olasiz.

Parolsiz qanday kiraman?

Telegram'da «Tasdiqlash» tugmasini bosasiz yoki emailga kelgan kodni yozasiz. Parol yo'q, unutadigan narsa ham yo'q.

Instagram'ga qanday qo'yaman?

Sahifa havolasini (toqi.uz/f/ismingiz) nusxalab, Instagram profilingizdagi «Havola» maydoniga qo'yasiz. Telegram profiliga ham xuddi shunday.

Telefondan qurish mumkinmi?

Ha, tahrirlagich telefonga moslangan. Sahifa taxminan 5 daqiqada yig'iladi.

Sayt bilan sahifa farqi nima?

Sahifa bitta ekran: Instagram profilingizga havola. Sayt ko'p sahifali: menyusi va SEO'si bor. Ikkalasi bitta hisobda.

O'z domenimni ulasam bo'ladimi?

Ha, Pro'da: o'z domeningizni ulaysiz va ism.toqi.uz manzilidan ham foydalanasiz. Free'da sahifa toqi.uz/f/ism manzilida turadi.

To'lov qanday?

Pro to'lovi tez orada ochiladi (Payme va Click). Hozircha Free tarifdan foydalanasiz, to'lov kerak emas.

AI nima qiladi?

Istalgan AI (ChatGPT, Claude, Gemini) sizdan so'rab sahifani to'ldirib beradi. AI ilovangizga https://toqi.uz/mcp manzilini qo'shsangiz, u sahifani o'zi quradi, kalit shart emas. Nashrni o'zingiz tasdiqlaysiz. Qanday ulanadi

Ismingizni hozir egallang

Bepul, parolsiz, taxminan 5 daqiqa.

Ism keyin o'zgarmaydi: qisqa va esda qolarli tanlang.

Sahifangiz bugun, saytingiz kerak bo'lganda: hammasi bitta toqi ostida.